✍️ “Buyuk sarkarda va sayyoh olim ijodi” ijodkorlik tanlovi✍️
🌏Geografiya fani doirasida🌎
Respublika hududidagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o'tkaziladi.
📌 Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari – Geografiya faniga oʻz hissasini qòshgan buyuk sarkarda, sayyoh Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlab, oʻquvchilarni shoir, sayyoh hayoti, ijodi va fanga qoʻshgan hissasi haqidagi bilimlarini aniqlash, ularning intellektual salohiyatini oʻstirish, fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va fan yoʻnalishidagi yangiliklarni izlab topish.
❗️o'z ijodiy qobiliyatlaridan foydalanib, olimning ijodi, hayot yòli va qiziqishlari, geografiya faniga oid qilgan ishlari haqida taqdimot(ppt), rasmlar jamlanmasi va video shaklidagi chellenjlarini yaratishi hamda joriy yilning 29-fevral sanasiga qadar Respublika ta’lim markazi “Tabiiy fanlar boʻlimi”ning
👉@rtm_tabiiy_fanlar_bot manziliga yuborishlari so'raladi.
📝Tavsiyalar:
—Adabiy til me’yorlariga rioya qilinganligi;
—Ma'lumotlarning aniq ma'lumotlarga tayanilganligi;
—yurgan yo‘llarining xaritalari va hozirgi mamlakatlarning qaysi hududiga toʼg‘ri kelishi;
-o‘rgangan shaharlari va ular haqidagi ma'lumotlar;
👆Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi, ©️mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda PLAGIAT holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.
🌍Barcha ijodiy ishlar Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda g‘oliblar aniqlanadi.
🗺Siz tomondan yuborilgan ijodiy ishlar - Telegram kanaliga joylab boriladi.
📌 Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan saralab olingan eng yaxshi gʻoyalar g‘olib deb e’lon qilinadi va Respublika ta'lim markazi tomonidan sertifikat bilan taqdirlanadi.