Bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva hamda Oliy Majlis va shahar Kengashi deputatlari Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga ham tashrif buyurdilar.
Tashrif chog'ida maktab ma'muriyati va pedagoglari bilan muloqot qilindi. Ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati