
Joriy yilning 24 aprel kuni Yunusobod tumani 9-sonli umumta`lim maktabida "Biz giyоhvandlikka qarshimiz" shiori ostida va "Sog`lom va xavfsiz yurt oyligi" doirasida maktab inspektor psixologi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Inspektor psixolog tomonidan aholi va yoshlar o`rtasida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan islohotlar, ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi, giyohvandlikka qarshi kurash mavzusida fikr almashildi. Giyohvandlikning kelib chiqishi va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Giyohvandlik hozirgi kunda yoshlar hayotiga xavf solayotgan jiddiy va global muammoga aylanib qolayotganligi, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlari yoshlar hayotida ko`p uchrayotganini ta’kidlab o`tdi. Shuning oqibatida ko‘p davlatlarda terrorizm, qo‘poruvchilik va boshqa salbiy holatlar avj olayotganini bayon qildi xamda ko`rgazma qurollar orqali ma’lumotlar yetkazildi. Tadbir so`ngida "Giyohvandlikka uylamay kuyilgan qadam" videoroligi namoyish tashkil etildi.