Yunusobod tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yosh avlodning intellektual va jismoniy rivojlanishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 9-IDUMda tashkil etilgan "Orom" nomli kunduzgi oromgoh faoliyati davomida o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va musiqa-ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, maktab bitiruvchilarining Oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish, ularga sifatli ta’lim berish va kelajakdagi muvaffaqiyatli kasb tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida "Salohiyat" MChJ bilan hamkorlikda yuqori sinf o‘quvchilari uchun maxsus o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kurslar orqali abituriyentlarga fanlar bo‘yicha chuqur bilim berish, test yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish va motivatsiyani oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.