Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi va "Appetito" MChJ hamkorligida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Tadbirda 9-IDUM direktori M. Maqsudbekova, Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi bo‘limi boshlig‘i F. Norsafarova, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi xodimi A. Fattohov, tadbirkor — "Appetito" MChJ rahbari O. Buranov, Biznes-ombudsman xodimi L. Ermatov, 11-sinf bitiruvchilari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, "Appetito" MChJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.