Bugun Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Orom” nomli kunduzgi oromgohda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazildi.
2 iyul — O‘zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan sana munosabati bilan tuman IIB inspektor-psixologi A.I.Yangiboyev, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Mo‘minova hamda o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvchilar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat chog‘ida davlat ramzlarining mazmuni va ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ushbu sana munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirda “Algoritm”, “Yosh rassomlar” va “Futbol” to‘garaklari faoliyati ham jonli kechdi. Bolalar uchun qiziqarli multfilmlar ham namoyish etildi.