Joriy yilning 8 avgust kuni Yunusobod tumani 9-IDUM da "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tumandagi 22- Madaniyat Markazi, tuman Ma’naviyat va markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab direktori M.Maqsudbekova, kinorejisser, kino va dublaj aktyori Fayziyev Sayfuddin, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari K.Miraminova, 22- Madaniyat markazi raxbari I. Ruziyev, xodimlari, xonanda Shoxrux Murodullayev, Murodov Asadbek, Kamolov Murodjon, o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdilar. O‘quvchilar va xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar barchani xushnud etdi. Tadbir davomida kinokarvon loyihasi doirasida " Yangi O‘zbekiston lochinlari" filmi namoyish etildi.