Joriy yilning 5 sentabr kuni Yunusobod tumani 9-IDUM da ma’naviyat kuni doirasida o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Yangi O‘zbekiston- yangi kelajak" mavzusida "Direktor soati" va "Ma’naviyat soati" tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga Vatan , vatanparvarlik tushunchalari haqida ma’lumotlar berildi. "Uyg‘on o‘g‘lim" qo‘shig‘iga tayyorlangan videorolik namoyish etilib, mazmun - mohiyati tushuntirildi. Tadbirda maktab direktori M.Maqsudbekova, MMIBDO‘ D.Muminova, psixolog K.Djabborova , tarix fani o‘qituvchisi F.Yuldasheva lar ishtirok etib mavzuga oid o‘z fikr - mulohazalarini bildirdilar.