Bugun Yunusobod tumani 9- IDUMda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgaliginining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇸🇱🇸🇱🇸🇱Mazkur tadbirda Toshkent viloyati Mudofaa boshqarmasi Faxriylar kengashi boshliq orinbosari Boymirzayev Rustam Ma'mirovich, Faxriylar kengashi a'zosi Tolaganov Orif Siddiqovichlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Mehmonlarning Vatanga sadoqat, milliy armiyamizning kuch-qudrati, tinchlik va osoyishtalikni asrashda harbiy xizmatchilarning o‘rni haqida so‘zlari oquvchi yoshlarda Vatanga bolgan muhabbatni ,ona yurtga sadoqat va yurt himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ular o‘z nutqlari orqali o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, jasorat, mardlik va fidoyilik haqida qiziqarli va ta’sirli fikrlar bildirdilar.