Tumandagi 9-IDUMda Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan iglari surilgan respublikamiz ta’lim muassasalarida ingliz tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bunda xorijiy pedagoglarni jalb qilish ishlari 2022-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.
3 yildirki, Buyuk Britaniya davlatidan maktabimizga kelib o‘quvchi-yoshlarimizga ingliz tilidan sifatli bilim berib, o‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasi yuqori pog‘onani egallashlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, fidoiylik ko‘rsatib kelayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi tomonidan "Kelajak uchun- ingliz tili" loyihasini tashkil etish ishlarida faol ishtirok etganligi uchun mister Ronald Wallace joriy yilning 20-dekabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.