Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-maktabda tabiiy fan oʻqituvchilari uchun “O‘quvchilarda ekologik madaniyatni Reggio pedagogikasi asosida rivojlantirish” mavzusida innovatsion pedagogik texnologiyalarga bagʻishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining bosh mutaxassisi U.E. Alimuxamedova rahbarligida yuqori metodik saviyada o‘tkazildi. Seminar davomida an’anaviy dars tushunchasidan voz kechib, sinf xonasini “Uchinchi oʻqituvchi”ga aylantirish, ya’ni oʻquv muhitini tabiiy ashyolar bilan boyitish masalalari amaliy tahlil qilindi.
Mazkur treningning bosh g‘oyasi — o‘quvchilarni tabiatning passiv iste’molchisidan uning ongli himoyachisi, resurslarni tejovchi hamda ekologik innovatsiyalar yaratuvchi barkamol shaxs darajasiga olib chiqishdir.
Trening davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, amaliy topshiriqlar orqali yangi g‘oya va yondashuvlarga ega bo‘ldilar.
Seminar mazmunan boy, amaliy va samarali ruhda tashkil etildi.