Yunusobod tumani 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-«A» va 4-«B» sinf o‘quvchilari ishtirokida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Sherbekayeva Shahzoda va Sharapova Muxtabar rahbarligida yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini she’rlar, chiqishlar hamda badiiy ijrolar orqali namoyon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ona tilimizga muhabbatni kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirishdan iborat.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi!