Yunusobod tumani, 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 9-oktabr kuni maktabda o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari To‘lqin Hayit, Safar Olloyor va Oydinniso Yo‘ldoshevalar ishtirokida o‘quvchilar bilan samimiy muloqot olib borildi.
Adiblar adabiyotning ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni, kitob mutolaasining ahamiyati hamda yoshlarni ezgulik ruhida tarbiyalash haqida gapirishdi.
O‘quvchilar savollariga javob olib, ijodkorlar bilan bevosita muloqot qildilar. Tadbirda yoshlarda kitobga mehr, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda milliy adabiyotga hurmat hislari mustahkamlandi.