2022-yilning 5-sentyabr kuni Yunusobod tumani 9-sonli umumta'lim maktabida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi “ Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-sonli “ O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Tadbirda jami 1317 nafar o‘quvchilar ishtirok etgan bo‘lib, shundan 136 nafari 1- sinf o‘quvchilarini tashkil etdi. Tadbirga Yunusobod tumani Xalq ta'limi bo‘limi mudir o‘rinbosari Yakubova Gulchexra Shagiyasovna, "Minor" MFY raisi Muhammayedjanov O‘tkir Maxkamjonovich mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbir tavsiya asosida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston 24, 3- Renessans telekanallari muxbirlari tomonidan tasvirga olindi.