Bugun maktabimizning 3 "A" - sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan "G‘aroyib bola" mavzusida noan’anaviy ochiq dars o‘tkazildi.
Ushbu dars boshlang‘ich metod birlashma a’zolari ishtirok etishdi. O‘quvchilar audiomatn tinglagach mavzu yuzasidan turli topshiriqlarni o‘z guruhlarida bajardilar. Ular 5 yoshida 500 ta kitob o‘qigan g‘aroyib bolaga havas qildilar u bilan do‘stlashishni xohladilar. Dars jarayonida har bir o‘quvchining fikri tinglandi va ularning javoblari turli usulda rag‘batlantirildi. Dars yakunida o‘quvchilarga g‘aroyib bolaga maktub yozish vazifasi topshirildi. G‘olib guruh va faol o‘quvchilar dars yakunida rag‘batlantirilib baholandilar. Bugungi dars o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
O‘qituvchi: D.S.Qodirova
![](/uploads/posts/2022-09/1663217027_photo_2022-09-13_19-43-39.jpg)