![](/uploads/posts/2022-09/1663573470_1663573373825.png)
Bugun 5-"A" hamda 10-"A" sinf o'quvchilari "Barkamol avlod" yoshlar markazida uchrashuvda bo'lishdi va “Barkamol avlod” markazi ko‘p tarmoqli bo‘lib, u faoliyat yuritadigan hududning xususiyati, o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda faoliyat ko‘rsatishi, 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilishi, maktabdagi o‘qish jarayoniga xalaqit bermaydigan holda tashkil qilinishi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi va ular har xil to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. O'quvchilar yoqimli taassurotlar bilan qaytishdi.