Bugun maktabimiz 3 V - sinf o‘quvchilari maktab kutubxonasida ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar darsligidan 1-chorakda olgan bilimlarini musobaqa ko‘rinishida namoyish etdilar.Musobaqa 5 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi.
1-shart. Qisqa savol- javoblar
2-shart. She‘rxonlik
3-shart. Maqollar aytishuvi
4-shart. Vitaminlar haqida rasm ishlash
5-shart. Matematik misollar
O‘quvchilar barcha shartlarni a‘lo darajada ado etdilar va tashrif buyurgan ota- onalarini o‘z bilimlari bilan xursand qildilar. Musobaqa yakunida ota-onalar farzandlari haqida iliq fikrlar bildirdilar.