Kitobning inson kamolotidagi o‘rni beqiyos. Albatta, bo‘sh vaqtingizda biror- bir badiiy adabiyotni mutolaa qilish orqali vaqtingizni mazmunli o‘tkazish bilan birga o‘zingiz uchun yangi bir olamni ham kashf etasiz. Ayniqsa o‘quvchi yoshlarni darsliklardan tashqari badiiy kitoblar o‘qishga keng targ‘ib qilish ularda fanlarga oid bilimlarni oshirishi bilan birga keng dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan 9-IDUM da “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Bugun esa maktabning 3-"A" sinf o'quvchilari tashkil qilingan yarmarkada faol ishtirok etdilar va o'zlarining qiziqishlariga qarab arzon narxlarda kitoblarni xarid qilishdi.