Taekvondo (koreyscha: tae—oyoq, kvon —qoʻl, do—yoʻl, yaʼni oyoq va qoʻllarning qarakat yoʻli) — sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoaviy tarzda oyoq qoʻllarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi sportning Taekvondo ITF turi bo'yicha O'zbekiston kubogiga saralash bahslarida 9-IDUM ning 2-"V" sinf o'quvchisi Baxtiyorxonov Akromxon 1-o'rinni egalladi.