Yunusobod tumani 9-IDUMning 3"V"-sinf o‘quvchilari an‘anaviy mart oyida o‘tkaziladigan "KITOBIM- OFTOBIM " fan oyligi doirasida Mahmud Sattorning "O‘zbek udumlari" hamda Oxunjon Safarovning "O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari" kitoblarini taqdimotini qilib berdilar. Kitobda aks etgan laparlardan parchalar, xalq o‘yinlaridan "dorboz ", "arqon tortish" , "to‘p tosh", "shugina" o‘yinlarini namoyish qilib berdilar. Dastur so‘ngida 3"V"-sinf o‘quvchilari maktab kutubxonasiga ertak kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildilar.