Yunusobod tumani 9-IDUMda Yunusobod tuman deputati Musayev Ulug‘bek, Toshkent shahar hokimiyati huquqshunosi Karimov Ergash va pedagog xodimlar ishtirokida majlis tashkil etildi. Majlisda mazkur yilning 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan Referendumning mazmun va mohiyati, Konstitutsiyamizga kiritiladigan o‘zgarishlarning mazmuni hamda ijtimoiy sohalarga berilayotgan afzalliklari haqida tanishtirib o‘tildi. Referendumda o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablar haqida uning vazifalari keng muhokama qilindi. Majlisda qatnashgan pedagog xodimlarga referendumga befarq qaramasliklari, ushbu referendumda faol qatnashishlari kerakligi, ularning ovozlari katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.