Bugun maktabimizda 3 A - sinf oʻquvchilari bilan Tabiiy fandan amaliy mashgʻulot o‘tkazildi. Unda oʻquvchilar jismlarning harakati, masofa va vaqtini aniqlashni o‘rgandilar. Shuningdek, turgan joyidan uzunlikka sakrashni ham mashq qildilar. Oʻquvchilardan tuzilgan ekspert guruhi oʻquvchilarning va jismlarning masofasini metrli tasmada oʻlchab berdilar. G‘olib oʻquvchilar rag‘batlantirildi. Oʻqituvchi: Durdona Qodirova