Joriy yilning 27 yanvar kuni maktabimizda o'quvchi yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligiga tahdid ko‘rsatmaslik haqida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. O'quvchilar qonunda belgilangan javobgarliklar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo'lishdi. Tadbirda Yunusobod tumani IIOFMB 3-sonli IIB "Minor" mahallasi Katta Leytenanti Surmatov G'iyosjon Begmamatovich, Yunusobod tuman Mudofaa ishlar bo'limidan Mayor Xudoynazarov Valijon Urazovich, maktab yuqori sinf o'quvchilari, maktab o'qituvchilari ishtirok etishdi!