Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola UmarovaOsiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda OIIB vakillari ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida mamlakatimizda yangi maktablar barpo etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
➖ Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va bolalar uchun zarur ta’lim sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olishdi.