Kuni kecha, 18-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni Qozog‘iston mudofaa vaziri ochib berib, barcha jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur xalqaro yig‘inda umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Bir hafta davom etadigan bellashuvlarda jamoamiz Rossiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Belarus davlatlari hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan bellashadi.