Ma’lumki, 2019 yildan buyon Xalq ta’limi vazirligi, AKT vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalishda IT mutaxassisliklarini bepul o‘rganish imkoniyatini beruvchi platforma (uzbekcoders.uz) ishga tushirildi. Barcha kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar sertifikatlarga ega bo‘lib, Udacity platformasidagi Nanodegree dasturida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devoni bilan hamkorlikda yakuniy natijalar marosimi va “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.