2024-yil 17-avgust kuni Yunusobod tumani 9-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda o’quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish to‘g‘risida umumiy ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ota-onalar takliflari inobatga olinib, yangi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarga yagona maktab formasiga to‘liq o‘tish yuzasidan vazifalar belgilab olindi va qaror qabul qilindi.