Yunusobod tumani 9-sonli maktabda, maktabning 11-sinf o'quvchilari ishtirokida maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida avj olib borayotgan, pichoqbozlik, bezorilik, giyohvandlik illatlari inson kelajagiga nuqta qo'yishi, bunday illatlar jamiyatning rivojiga urilgan bolta singari ekanligi va bunday illatlarga qarshi yoshlar o'rtasida immunitet hosil qilish bugungi kun uchun suv va havodek zarurligi haqida ular bilan profilaktik tadbir o'tkazildi va ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.