Joriy yilning 3-oktyabr kuni Yunusobod tumani 9-umumta’lim maktabida "Payshanba-profilaktika kuni" doirasida Yunusobod tumani IIO FMB XPB Yoshlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari podpolkovnik Guljaxon Zarimova va katta leytenant Muqaddas Divanova Yunusobod tumani IIO FMB XPB Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori podpolkovnik Kunduz Baxitovalar bilan yoshlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida, o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv jarayonida Giyohvandlik va psixotrop moddalari hamda ularning huquqiy oqibatlari to'g'risida tushunchalar berildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar diqqat e'tiboriga videolavhalar namoyish etildi.