Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!” shiori ostida uyushtirilgan tadbir barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbiriga Mudofaa vazirligi harbiy qism vakillari, mehnat faxriylari, zaxiradagi zobitlar, mahalla faollari va ota-onalar tashrif buyurishdi.
Tadbir doirasida harbiylar o'zlarining jangovor chiqishlarini namoyish qildilar. Shuningdek, faxriylar bilan bayramona muloqot o'tkazildi. Unda zaxiradagi zobitlar o'zlarining shonli hayot yo'llari haqida hikoya qilib berishdi.
O'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur barchaga manzur bo'ldi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati