Bugun Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida umumta’lim maktablarining kutubxona mudiralari uchun “O‘quvchilarni kutubxonaga jalb qilishning pedagogik psixologik omillari hamda kutubxona hujjatlarini yuritilish qonun-qoidalari” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Unda o‘quvchilarni kutubxonaga jalb qilishda pedagogik va psixologik tushunchalar, o‘quvchilarning ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun kutubxona va kitobning ahamiyati yuzasidan tajribali mutaxassislar amaliy mashg'ulotlar o'tdi. Qatnashchilarga kutubxona fondini to‘g’ri boshqarish va hisobini yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati