Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bugun bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdilar.Tadbirda 1-"A",2 -"V", 3-"D"sinf oʻquvchilari shoiraning Bahor, Navro‘z, Vatan haqidagi hamda kulgu mutoyibaga oid hazil she'rlaridan namunalar aytib berdilar. 2-"A"sinf oʻquvchilari shoiraning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berdilar. Ular shoiraning "Kasblar olamida" nomli she'riy to‘plamidan ilhomlanib,o‘zlari tanlagan kasblar haqidagi she'rlari bilan oʻrtoqlashdilar. 4-"A"sinf oʻquvchilari tomonidan sahna koʻrinishi barcha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Tadbir davomida oʻquvchilar shoiraga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Kavsar Turdiyeva savollarga to‘liq javob berib, oʻquvchilarga kerakli maslahatlarini berdilar. Tadbir juda qiziqarli oʻtdi.4-"B"sinf qizlari tomonidan ijro etilgan raqs tadbirga zavq bagʻishladi.