Tadbir IIO kinologiya bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish, sohadagi xizmat itlarini naslchilik ishlari samaradorligini oshirish, xizmat itlarini tayyorlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash pullik xizmatlar asosida amalga oshirilishi tushuntirildi.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir davomida kinologiya xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi.Xususan, xizmat itlarining buyruqlarini bajarishi, iz olishi, giyohvandlik vositalarini qidirib topish ko‘nikmalari ko‘rsatildi. Toshkent shahar IIBB Kinologiya bo'limidan Kapitan Shoniyozov K.I hamda safdor Isoqjonov M tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdi