Bugun Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Chempion bilan uchrashuv” loyihasi doirasida taniqli dzyudochi, Osiyo va jahon chempionatlari g'olibi, Parij olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
Chinakam sport bayrami tusini olgan uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Suhrobbek Kirgizbayev, maktab ma'muriyati va pedagoglari hamda sportsevar o'g'il-qizlar qatnashdi.
Samimiy kechgan muloqotda Diyora Keldiyorova ishtirokchilarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berdi. Ular bilan esdalikka suratlarga tushdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati